Yetkazib berish
Ofisga, omborga, savdo nuqtasiga yoki obyektga

Hisob-faktura, yuk xati va kafolat taloni tovar bilan birga beriladi
Lian Li O11 Vision Compact — panoramali shisha dizayni bilan ajralib turadigan zamonaviy korpus. Old va yon tomondagi shisha panellar orasida burchak ustuni yo'q, shuning uchun ichki komponentlar va RGB yoritgichlar har tomondan to'liq ko'rinadi. Compact versiya klassik O11 Vision imkoniyatlarini kichikroq o'lchamda taqdim etadi.
Kimlar uchun
Kompyuterini vitrinadek chiroyli ko'rsatmoqchi bo'lgan geymerlar, striming qiluvchilar, modding ishqibozlari va ish stolida premium ko'rinishga ega tizim istaganlar uchun ideal. Kuchli o'yin va ish kompyuterlarini yig'ish uchun ham mos.
Sig'imi va moslik
ATX, M-ATX, Mini-ITX, orqa ulanishli (Back-Connect) va 280 mm gacha kenglikdagi E-ATX anakartlarni qo'llab-quvvatlaydi. Uzunligi 400 mm gacha videokarta va balandligi 167 mm gacha protsessor kuleri sig'adi. O'lchamlari 447,5 × 287,5 × 446,4 mm.
Sovutish
Korpusda ko'plab ventilyator va radiator o'rnatish joylari bor, suyuq sovutish tizimlarini bemalol qo'yish mumkin. Chang filtrlari ichki qismni tozalikda saqlaydi va oson yechiladi.
Ikki kamerali tuzilma
Blok pitaniya va kabellar orqa kamerada yashiringan, old qismda faqat chiroyli komponentlar qoladi. Kabellarni tartibga solish oson, tizim toza va professional ko'rinadi.
Sifat va dizayn
Po'lat, alyuminiy va 4 mm hamda 3 mm temperlangan shisha korpusga mustahkamlik va premium ko'rinish beradi. Videokartani vertikal o'rnatish imkoniyati mavjud. Qora va oq ranglarda sotiladi.
Ofisga, omborga, savdo nuqtasiga yoki obyektga
Yuridik shaxslar va YATT uchun naqdsiz hisob-kitob
Buxgalteriya uchun toʻliq toʻplam — kompaniyangiz rekvizitlariga
dan2 319 000 so'm
2 179 000 so'm
1 389 000 so'm
1 349 000 so'm