Yetkazib berish
Ofisga, omborga, savdo nuqtasiga yoki obyektga

Hisob-faktura, yuk xati va kafolat taloni tovar bilan birga beriladi
Epson 110 Black — EcoTank monoxrom printerlar uchun original qora siyoh
Epson 110 Black (C13T03P14A) — Epson EcoTank seriyasidagi oq-qora printer va MFU'lar uchun mo'ljallangan original pigmentli siyoh. Bitta 120 ml idish 6000 betgacha chop etishga yetadi, bu esa bir betning narxini juda arzon qiladi.
Qaysi printerlarga mos
Siyoh Epson M1100, M1120, M1140, M1170, M1180, M2120, M2140, M2170, M3140, M3170 va M3180 modellariga mos keladi. Saytimizdagi Epson M1100, M2120, M2170, M3170 printerlari va MFU'lari uchun ham aynan shu siyoh ishlatiladi.
Kimlar uchun qulay
Ofislar, buxgalteriya, maktab va o'quv markazlari, nusxa ko'chirish nuqtalari va ko'p hujjat chop etadigan har qanday tashkilot uchun ideal. Uyda ham bir marta to'ldirib, uzoq vaqt qayta sotib olmaslik mumkin.
Asosiy afzalliklari
Pigmentli siyoh matnni chuqur qora va juda tiniq qiladi, oddiy qog'ozda ham suvga va ishqalanishga chidamli bo'ladi. Original siyoh printer bosh qismini (pechat golovkasi) himoya qiladi va tiqilib qolish xavfini kamaytiradi, bu qurilmaning umrini uzaytiradi.
Qulay to'ldirish
EcoTank idishining maxsus uchligi faqat o'z rangidagi tankka kiradi va siyoh to'kilmaydi. Printer tankini toza va tez to'ldirish uchun idishni teskari qilib qo'yish kifoya.
Ofisga, omborga, savdo nuqtasiga yoki obyektga
Yuridik shaxslar va YATT uchun naqdsiz hisob-kitob
Buxgalteriya uchun toʻliq toʻplam — kompaniyangiz rekvizitlariga
2 499 000 so'm